Yurgen Klopp: "Liverpul" Maneni saqlab qolmoqchi"

Aslanov Jasurbek
24 fev 2018, 17:07
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning takidlashicha, klub forvard Sadio Maneni saqlab qolmoqchi.

"Bu hech kim uchun sir emas, biz ushbu futbolchilar guruhini saqlab qolmoqchimiz. Maneni o'zimizda olib qolish niyatidamiz.

Maqsadimi - tarkibni yanada kuchaytirish. Bu har qanday jamoaning oddiy xohishi.

Sadio yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. U "Siti"ga qarshi ajoyib harakat qildi. Uning kichik muammosi bor, Manening o'yini barqaror emas" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com