Yurgen Klopp APL favoriti haqida gapirdi

6 dek 2020, 09:15
“Liverpul” klubini boshqarayotgan 53 yoshli germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp “Tottenhem” va “Chelsi” ko'rsatayotgan o'yinlar haqida gapirib, APLda favorit kim ekanligini aytdi.

“So'nggi o'yinlarni kuzata turib, men uchun “Chelsi” chempionlik uchun favorit jamoa sifatida gavdalanayapti. Londonliklar zaxira o'rindig'i uzun, tarkibda ajoyib futbolchilar jamlangan. Ular o'yindan o'yinga tarkibni ideal tarzda almashtirishlari mumkin. Tarkibda mahoratli futbolchilar etarli. 

Biz bor e'tiborimizni navbatdagi bahsga qaratganmiz. Shu sabab  chempionlik uchun kurashldagi raqobatchilarning  natijalarini tahlil qilish va o'ylashga hali erta”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal