Yurgen Klinsmann: "G'alabaga judayam yaqin edik"

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2014, 08:35
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann Portugaliyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Omadimiz kelmadi. Lekin, o'yin ajoyib bo'ldi. Yigitlarimiz ajoyib o'yin namoyish etishdi.  Ulardan bundan ortig'ini talab qilish mumkin emas.
Biz o'yinni nazorat qildik, tempni ushlab turdik, yaxshi himoyalandik, bir qancha golli vaziyatlar sodir etdik. G'alabaga judayam yaqin edik.
Oldinda Germaniyaga qarshi o'yin bor va qiyin bo'lishi aniq", - deydi germaniyalik murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net