Yupp Xaynkes yirik g'alabaga qaramay nimadan norozi?

Tolibjon Qosimov
19 okt 2017, 12:41
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes YCHL 3-turi doirasida "Seltik" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0)dan keyin jamoa bundan ham yaxshiroq o'ynashi mumkin edi deb ta'kidladi.

"O'yinning ko'p qismida biz yaxshi harakat qildik. Lekin, juda ko'p qulay vaziyatlardan foydalana olmadik va raqibga o'z darvozamiz oldida ko'p imkon berdik. Buni tahlil qilish va to'g'rilash kerak. Jamoada xohish kuchayganini sezyapman", - dedi Xaynkes.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbayern.com