Yupp Xaynkes: "Bavariya" "Sevilya" bilan o'yinda durangga o'ynamaydi"
Aziz Tukhtamuradov
3 apr 2018, 02:22
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes myunxenliklar "Sevilya"ga qarshi o'yinda durang uchun o'ynamasliklari haqida gapirdi.
"Siz o'yin davomida nima bo'lishini oldindan bilmaysiz. Ammo, sizga shuni aniq aytishim mumkinki, "Bavariya" xech qachon durang natija uchun o'yin ko'rsatmaydi. Biz faqat va faqat g'alaba uchun harakat qilamiz. Doimo", - dedi murabbiy.