"Yunired" murabbiyi Alisher Latipov: "Yutishimiz kerak edi. Biz ikki ochko yo'qotdik"

Iskandarov Abdulaziz
8 apr 2023, 22:00
Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "G'ijduvon" - "Yunired" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Alisher Latipov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Bugun ikki ochko yo'qotdik. Hakamlarga etirozlar? Hissiyotlar o'yinda bo'ladigan tabiiy jarayon. Jamoamiz oldiga har bir o'yinga chiqib g'alaba qozonish maqsadi qo'yilgan. Ishlashda davom etamiz. "G'ijduvon" Pro ligada o'ynab kelayotgan tajribali jamoa. Yaxshi futbolchilar bor. Raqib safidagi 8 va 99 raqamdagi futbolchilar yaxshi harakat qilishganini aytishim mumkin",- deydi Alisher Latipov.


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia