Yulian Nagelsmann: "Mbappe - dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri"

Mirjalol Normatov
7 mar 2023, 23:15
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshilaridan biri deb hisoblaydi.

"Birinchi o'yinda uning maydonga tushishi, nafaqat PSJ, balki, "Bavariya"ning o'yiniga ham ta’sir qilgandi. U dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri.

U maydonga tushsa, barchasi o'zgaradi. Kilian javob o'yinini asosiy tarkibda boshlasa kerak. Uni yopishni kollektiv bilan hal qilamiz. O'yinga yaxshi tayyorlandik", - dedi Nagelsmann.

Parijdagi dastlabki o'yinda Myunxen klubi 1:0 hisobida g'alabaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal