Yulian Draksler: "Butun faoliyatimni "Shalke"da o'tkazmoqchi emasman"

Narzulla Saydullayev
2 fev 2014, 15:11
Germaniya terma jamoasi va "Shalke" yarim himoyachisi Yulian Draksler Londonning "Arsenal" klubiga o'tmaganidan afsusda.
- Men haqiqatdan ham "Arsenal"dan yaxshi taklif oldim va uni qabul qildim. Ammo "Shalke" bosh direktori Xorst Xeldt meni transferimga qarshi bo'ldi.

Balki, yozda vaziyat o'zgarar. "Bavariya" ham meni sotib olishni istayotganini bilaman. "Shalke"ga rahmat aytaman, lekin butun faoliyatim davomida bitta klubda o'ynashni istamayman, - deydi Draksler Bild nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net