Yovichning xizmatlariga "Arsenal", "Milan", "Borussiya D" va "Everton" qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
22 mar 2022, 22:37
Futbolchi katta ehtimol bilan yozda klubni tark etadi.

Marca nashrining xabar berishicha, Luka Yovichning xizmatlariga "Arsenal", "Milan", "Borussiya D" va "Everton" kabi klublar qiziqish bildirishmoqda. Yovich klubdagi vaziyatdan charchagan. Ikki tomon ham o'zaro xayrlashishga tayyor. Yovich qishdayoq "Real"ni tark etishi mumkin edi. Ammo futbolchiga aniq takliflar  yo'q edi.

Eslatib o'tamiz, Luka Yovich 2019 yilda "Real" safiga 60 mln evro evaziga qo'shilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca