
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi. Yigitlarimizni yuzga yaqin muxlislar kutib olishdi. Ahmadjon Musaev, Igor Sergeev, Abbos Maxstaliev, Jamshid Iskanderov turli OAVga intervyular berishdi.
Terma jamoamiz bosh murabbiyi Ahmadjon Musaevning aytishicha xorijlik mutaxassislar jamoamizning ishtirokiga yuqori baho berishgan. Ular O'zbekistonning natijasini sensaciya sifatida baholashgan.