Yoshlar ligasi. “Qo'qon-1912” – “Obod” uchrashuvidan Fotomaqola

Narzulla Saydullayev
5 mar 2016, 07:59
Kecha Muhiddin Abduvaliev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" o'rinbosarlari Yoshlar ligasidagi ishtirokini boshladi.
Vakillarimiz ilk turda “Obod”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Quyida ushbu uchrashuvdan tayyorlangan fotomaqola bilan tanishing:

photo_2016-03-05_04-20-10

Uchrashuvni boshqargan hakam Igor Xudoydotov va uning yordamchilari har ikki jamoa sardorlari bilan birga.

photo_2016-03-05_04-20-50

photo_2016-03-05_04-20-58

photo_2016-03-05_04-21-06

Jamoamizning yangi a'zosi – Azizxon Ibragimov o'yinda faolligi bilan ajralib turdi.

photo_2016-03-05_04-21-21

Raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat vujudga kelmoqda.

photo_2016-03-05_04-21-28

Uchrashuv mana shunday keskin kurashlar ostida o'tdi.

photo_2016-03-05_04-21-36

Oybek Rustamov ikki raqib qurshovida.

photo_2016-03-05_04-21-53

Orif Mamajonov hisobni tenglashtirmoqda…

photo_2016-03-05_04-22-30

…va jamoadoshlaridan qutlovlarni qabul qilib olmoqda.

photo_2016-03-05_04-21-45

Ikkinchi gol muallifi – Ibrohim G'ofurov.

photo_2016-03-05_04-22-38

Nodir Qo'ziboev maydonga tushishi bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi.

photo_2016-03-05_04-22-48

Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchilaridan biri – Doston Meliqo'ziev. Uchinchi golning kiritilishida uning hissasi katta bo'ldi.

DSC_2759 copy

Muhiddin Abduvalievning rasmiy o'yindagi debyuti omadli keldi.

photo_2016-03-05_04-22-09

photo_2016-03-05_04-22-15

photo_2016-03-05_04-22-22

“Qo'qon-1912” jamoasi o'z muxlislari bilan faxrlanadi. O'rinbosarlar bahsini 2000 nafarga yaqin muxlis bevosita stadionda kuzatdi. Bu borada maqtansak arziydi. Olg'a, qo'qonlik muxlislar!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz