
17-daqiqada mezbonlar hujumchisi Buxoro jamoasi jarima maydonchasiga yorib kirdi. Agar himoyachi Umrullo Ramazonov uni qo'pollik bilan to'xtatib qolmaganida darvozabon bn yakkama-yakka vaziyatga chiqib borishi ham mumkin edi. Bu vaziyatda uchrashuv bosh hakami hech ikkilanmasdan 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Penaltini Bobur Iskandarov bexato amalga oshirib, hisobni ochdi - 1:0.
Shundan so'ng, tashabbus maydonda goh mezbonlar, goh mehmonlar tomoniga o'tib turdi. 32-daqiqada Qizilqum yoshlarining o'z jarima maydonchachi ichidagi pala-partish harakatidan buxoroliklar hujumchisi Bahrom Narzullaev samarali foydalanib, hisobni tenglashtirdi - 1:1.
Ko'pchilik jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishini taxmin qilayotgan bir pallada Qizilqumning iqtidorli yoshlaridan biri Boburjon Iskandarov chamasi 18 metrlar uzoqlikdan mehmonlar darvozasini kuchli zarb bilan ishg'ol etdi - 2:1.
Ikkinchi bo'limda ham jamoalar tomoshabop futbol namoyish qilishda davom etishdi. Dastlab mehmonlar vakili Isomiddin Ubaydullaev Artyom makosinni chiroyli tarzda dog'da qoldirgan bo'lsa, oradan to'qqiz daqiqa o'tar-o'tmasdan Qizilqum to'purari Bahodir Qosimov yana o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 3:2.
Uchrashuvning qolgan daqiqalarida har ikkala jamoa a'zolarida ham golga tortadigan bir qator qulay vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, ammo ulardan samarali foydalana bilishmadi.
HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
Yoshlar ligasi, 23-tur
22 oktyabr (seshanba)
Qizilqum (Navoiy) - Buxoro (Buxoro) - 3:2 (2:1)
Navoiy. So'g'diyona stadioni.
Hakamlar: Ahmadjon Ergashev (Toshkent), Evgeniy Zakutilin, Artur Eshbo'taev, Sergey Ivlev (barchasi Navoiydan).
QIZILQUM: 25. Artyom Makosin, 17. Shohjahon Rajabov, 3. Dilshod Isoqulov, 20. To'rabek Turobov, 2. Maruf Yusupov, 18. Sherzod Fayzullaev (6. Bobur O'roqov, 75), 12. Bobur Iskandarov (8. Ruslan Gaffarov, 46), 13. Aziz Usmonov (7. Maruf Tillaev, 46), 15. Isroil Ergashev (5. Xolmo'min Davronov, 46), 11. Bahodir Qosimov, 10. Sunnatillo Toshpo'latov.
Zaxiradagilar: 1. Oybek Abdiev, 4. Mirjalol Qosimov, 14. Sevdiyor Hamroqulov, 6. Bobur O'roqov.
BUXORO: 56. Bahodir Yigitaliev, 2. Umrullo Ramazonov, 3. Aziz Ochilov (14. Abbos Ikromov, 90), 4. Nodirjon Jo'raev (17. Mirfayz Muhiddinov, 83), 5. Murodullo Hamdamov, 6. Evgeniy Kochnev, 7. Azizbek Muxtorov, 8. Umidjon Muhammadiev, 9. Isomiddin Ubaydullaev, 11. Azamat Samiev (10. Jamshid Hasanov, 61), 18. Bahrom Narzullaev.
Zaxiradagilar: 1. Maqsud Shabanov, 15. Abbos Hojiev, 19. Nosirjon Fayzullaev.
Gollar: Bobur Iskandarov (18-pen. 45+1), Bahodir Qosimov (57) - Bahrom Narzullaev (32), Isomiddin Ubaydullaev (48),
Ogohlantirishlar: Aziz Usmonov (12), Umrullo Ramazonov (17), 10. Sunnatillo Toshpo'latov (71)
Chetlatish: Umrullo Ramazonov (70, ikkinchi sariq kartochka), Bahodir Qosimov (86, ikkinchi sariq kartochka)
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent).