Yo'g'e?! "Monako"ning 14 futbolchisi "Amen"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2018, 15:55
Terri Anri qo'l ostidagi "Monako" "Amen"ga qarshi bahs oldidan tarkib borasida jiddiy muammoga duch keldi.

Uchrashuvni monegasklarning 14 nafar futbolchisi o'tkazib yuboradi. Ularning orasida Aleksandr Golovin, Stevan Yovetich, Petro Pellegri, Roni Lopesh, Daniel Subashich bor.

"Amen" hamda "Monako" o'rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GFFN