"Yodda tuting: agar virus Zlatanga yuqmasa, Zlatan virusga yuqadi va uni yo'q qiladi"

19 mar 2020, 02:16
Ibragimovich koronavirusga qarshi kurashish uchun mablag' yig'ish to'g'risidagi qarorini izohladi.

"Italiya doim menga ko'proq narsa bergan va o'ziga chorlagan. Men o'zim yoqtirgan bu mamlakatga yana qaytishni xohlayman.

Biz birgalikda hayotimizni saqlab qolish uchun fidokorona mehnat qilayotgan shifoxonalar, shifokor va hamshiralarga chinakam yordam bera olamiz. Bugun biz ularni qo'llab-quvvatlashimiz kerak!

Eslab qoling: agar virus Zlatanga yuqmasa, Zlatan unga o'tadi va yo'q qiladi", – dedi shvetsiyalik hujumchi o'z uslubidan chekinmagan holda.

Avvalroq "Milan" forvardi "Gofundme" platformasida million evro yig'ish ishlarini boshlab yuborgandi. Uning o'zi 100 ming evro xayriya qilgani holda "Kick the Virus away!" kompaniyasiga start berdi.

Takidlash lozimki, Italiya koronavirus pandemiyasining Yevropadagi asosiy epicentriga aylangan. Mamlakatda infekciya bilan kasallanganlar soni 31 mingdan oshsa, virus 2 mingdan ortiq bemorning umriga zomin bo'lishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia