Yoaxim Lyov qoladimi yoki yo'q? Qaror e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2018, 15:14
Germaniya terma jamoasi Yoaxim Lyov JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay jamoadagi ishini davom ettiradi.

Mutaxassis may oyida Germaniya futbol ittifoqi bilan 2022 yilgacha shartnoma tuzgan edi. Janubiy Koreyaga qarshi mag'lubiyatdan so'ng (0:2), tashkilot prezidenti uni qo'llab-quvvatladi. Ma'lumotlarga ko'ra, murabbiy jamoadan ketmoqchi emas va bu variantni ko'rib chiqmayapti ham.

Germaniya JCH-2018 guruh bosqichida 4-o'rinni egallagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild