

“Oldinda turgan ikkita o'yinda ular bitta bahsda maydonga tushadi. Ter Shtegen Dortmundda Argentinaga qarshi bahsda darvozani qo'riqlaydi. Noyer esa Tallinda Estoniyaga qarshi o'yinda maydonga tushadi”, - deydi Lyov.
Avvalroq ikkala posbon orasida kichik bahs paydo bo'lgandi. Shundan so'ng “Bavariya” prezidenti agar Noyer terma jamoada asosiy posbon bo'lmasa, u holda jamoaning bir o'yinchisini terma ixtiyoriga yubormasligini ma'lum qilgandi.



