Yoaxim Lyov "Fenerbaxche"ni boshqaradi

Aziz Tukhtamuradov
3 fev 2022
Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Fenerbaxche"da ishlaydi.

61 yoshli murabbiy klub prezidenti Ali Koch bilan hamkorlik bo'yicha kelishib oldi. Tomonlar uch yillik shartnomaga imzo chekadilar. 

Eslatib o'tamiz, Lyov 2006 - 2021 yillar davomida Germaniya terma jamoasini boshqargan. 

Ayni paytda "Fenerbaxche" Turkiya chempionatida beshinchi o'rinni egallab turibdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Haber Global