Yilning ramziy jamoasiga Ronaldu va Messi emas, Benzema kiritildi (L’Equipe)

5 yanv 2021, 00:54
Fransiyaning "L’Equipe" nashri muxlislar ovoz berishi asosida 2020 yilning ramziy jamoasini e'lon qildi. Unda Ronaldu va Messiga joy topilmadi.

Darvozabon: Manuel Noyer ("Bavariya").

Himoyachilar: Alfonso Devis ("Bavariya"), Serxio Ramos ("Real"), Virjil van Deyk ("Liverpul"), Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul").

Yarim himoyachilar: Tiago Alkantara ("Bavariya" / "Liverpul"), Yozua Kimmix ("Bavariya"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Neymar (PSJ).

Hujumchilar: Karim Benzema ("Real"), Robert Levandovski ("Bavariya").

So'rovnomada 111 ming kishi ishtirok etgan.

Bir necha soat avval "L’Equipe" mutaxassislarining tasnifi bo'yicha yil ramziy jamoasi e'lon qilingan, unda Messiga joy topilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe