Yerro Rossiyaga qarshi o'yinda Ispaniya darvozasini kim qo'riqlashini aytdi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2018, 10:44
Ispaniya termasi bosh murabbiyi Fernando Yerro Rossiyaga qarshi o'yinda jamoa darvozasini David De Xea qo'riqlashini ma'lum qildi.

"Ha, aynan u o'ynaydi. Barcha odamlarning fikrini hurmat qilaman, ammo qarorni men chiqaraman. Rossiyaga qarshi bahsda terma qanday o'ynashi kerakligini ham o'ylab qo'yganman", - dedi Yerro.

1/8 final doirasidagi Ispaniya - Rossiya uchrashuvi 1 iyul kuni "Lujniki" stadionida 19:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca