Yazguli Xojageldiev: "O'zbekiston bilan o'yin biz uchun juda ham muhim"

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2019, 16:41
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan Yaponiya - Turkmaniston (3:2) uchrashuvidan so'ng qo'shnilarimiz bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

"Yaponiya to'pni yaxshi nazorat qilishini bilardik, biz ikkinchi taymda koncentraciyani yo'qotib qo'ydik.

Ijobiy natija qayd etishga yaqin kelgandik, afsuski biz yutqazib qo'ydik. Bizning tarkibimizda charchagan futbolchilar bor edi. Mag'lubiyatga uchraganimizga bitta sabab bor: tanaffusdan so'ng koncentraciyani yo'qotib qo'ydik.

Hali kurashdan chiqmadik. O'zbekiston bilan o'yin biz uchun juda ham muhim. Keyingi ikki uchrashuvda yigitlar borlarini berishadi deb umid qilaman", - deydi Yazguli Xojageldiev.  



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-afc.com