
“Bu juda qiyin. Haqiqatdan ham “Barselona”ga qarshi o'ynashni istamayapman. Men ushbu klubni qattiq hurmat qilaman, chunki u yerda menga yordam bergan do'stlarim to'p suradi.
Men mana shu yigitlarga qarshi “Kamp Nou”da o'ynashim kerak. Bundan tashqari meni qo'llab turgan kataloniya muxlislari bu holatga qanday qarasharkan. Nima ham derdim bu futbol.
Buyuk klubga qarshi ajoyib o'yin bo'ladi deb umid qilaman. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz”, - deya ta'kidladi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” va “Barselona” o'rtasidagi o'yin bugun tunda Toshkent vaqti bilan 00:45 boshlanadi.