Yaxshiboevning jamoadoshi YCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
1 okt 2021, 07:46
"Sherif" darvozaboni Giorgis Atanasiadis Chempionlar ligasida hafta futbolchisi bo'ldi.

Bu haqida UEFA rasmiy sayti xabar berdi. 

Gretsiyalik darvozabon "Real"ga qarshi o'yinda 11 ta seyvni amalga oshirdi. "Sherif" esa safarda "Real"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Hafta futbolchisi bo'lish uchun unga Shkrinyar, Nunes va Sane raqobat ko'rsatgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA