Yaxshiboev va Boltaboev "Andijon"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
1 dek 2025
"Andijon" tarkibida o'zgarishlar boshlandi.

Samvel Babayan "Andijon" bosh murabbiyiga aylanishi bilan jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari boshlanib ketdi.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'zining Telegram kanalida Jasur Yaxshiboev va Jamshid Boltaboevlar anjonliklar bilan shartnoma imzolaganini yozdi.

Eslatib o'tamiz, bu futbolchilar "Navbahor"da Samvel Babayan qo'l ostida ishlashgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia