"Yavor" boshqaruv postiga Ristanovich olib kelindi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2013, 14:56
Avval xabar berib o'tganimizdek, hamyurtimiz Husniddin G'ofurov faoliyat yuritayotgan Ivanicarning "Yavor" klubi rahbarlari joriy mavsumdagi qoniqarsiz natijalardan so'ng bosh murabbiy Bogicha Bogichevichga ochiq eshiklarni ko'rsatgandi.
Shundan so'ng klub rahbariyati uzoq o'ylanishlardan so'ng, boshqaruv postiga boshqa bir mahalliy murabbiy Predrag Ristanovichni olib kelishga qaror qilgan.

Eslatib o'tamiz, G'ofurov to'p tepayotgan Yavor hozircha turnir jadvalining 12-o'rnidan joy egallab turibdi.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia