Yaroslav Krushelnickiy Malayziya klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
8 dek 2013, 09:11
Joriy mavsumda "Sho'rtan" jamoasi sharafini himoya qilgan himoyachi Yaroslav Krushelnickiy keyingi faoliyatini Malayziyada davom ettiradi.
Krushelnickiy Malayziyaning "Felda Yunayted" jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

O'zbekistonda omadsiz mavsumni o'tkazgan futbolchiga Malayziyadan taklif bo'lgach u ko'rikdan o'tish uchun Kuala-Lumpurga keldi va ikki haftadan ortiq vaqt mobaynida "Felda Yunayted" mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Uning harakatlaridan qoniqqan malayziyaliklar himoyachi bilan bitim tuzishdi.

Ma'lumot uchun, "Felda Yunayted" klubi 2013 yil Malayziya superligasida ishtirok etib 12ta jamoa orasida 11-o'rinni olgan va premer ligaga tushib ketgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia