Yarmolenko: "Men ikkinchi Messi emasman"

Mirjalol Normatov
12 iyul 2018
"Vest Xem"ning yangi futbolchisi Andrey Yarmolenko o'zining transferi borasida gapirdi.

"Vest Xem" muxlislariga o'zimni ikkinchi Messi deb ayta olmayman. Biroq ularga vada bera olaman: bor kuchim bilan harakat qilaman. Jamoa g'alaba qozonishi, tabir joiz bo'lsa, sovrinlar qo'lga kiritishi uchun qo'limdan kelgan ishni bajaraman.

Angliya Premer-ligasi - dunyoning eng kuchli chempionati. Bu erda o'yin ko'rsatish juda qiyin, ammo bu o'z kuchimni sinovdan o'tkazib olish uchun qiziqarli imkoniyat. Albatta, barcha futbolchilar kuchli raqiblar ustidan g'olib bo'lishni istaydi", - dedi Yarmolenko.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal