Yaponiya J-ligasi 4 iyul kuni restart oladi

Xayrulla Xoliqov
29 may 2020, 18:46
Yaponiya milliy chempionati 4 iyuldan qayta boshlanishi ma'lum qilindi.

Bu haqda J-liga rahbari Mitsuru Murai o'z intervyusida aytib o'tdi. Avvaliga chempionatni 26 iyundan davom ettirish ko'zda tutilgandi, biroq klublar tayyorgarlik uchun ko'proq muddatga ega bo'lishlari uchun 4 iyulga surildi.

Shunday qilib klublar bo'lajak rasmiy o'yinlarga 5 hafta tayyorgarlik ko'rishadi. Ma'lumki, J-liganing navbatdagi mavsumi 21 fevral kuni start olgan, biroq koronavirus tufayli 26 fevralda to'xtatib qo'yilgandi.

J-liga restart olgach, dastlabki turlar muxlislarsiz o'tkaziladi, lekin keyinchalik odamlarni stadionga kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqda yakuniy qaror 15 iyun kuni qaror qabul qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com