

JCH, J guruhi, 2-tur
Argentina - Avstriya 2:0
Gollar: 38, 90+5 - Lionel Messi
Argentina: 23. Emiliano Martines, 26. Nauel Molina, 13. Kristian Romero (19. Nikolas Otamendi, 57’), 6. Lisandro Martines, 25. Fakundo Medina (3. Nikolas Talyafiko, 82’), 7. Rodrigo De Paul (5. Leandro Paredes, 82’), 20. Aleksis Mak Allister, 24. Enco Fernandes, 16. Tyago Almada (9. Xulian Alvares, 64’), 10. Lionel Messi, 22. Lautaro Martines (15. Nikolas Gonsales, 65’).
Zaxira: 1. Xuan Musso, 12. Xeronimo Ruli, 2. Markos Senesi, 4. Gonsalo Montel, 8. Valentin Barko, 11. Jovani Lo Chelso, 14. Eksekiel Palasios, 18. Nikolas Pas, 17. Juliano Simeone, 21. Xose Lopes.
Avstriya: 1. Aleksandr Shlager, 20. Konrad Laymer, 8. David Alaba (23. Marko Fridl, 67’), 5. Stefan Posh (22. Aleksander Prass, 68’), 3. Kevin Danso, 6. Nikolas Zayvald, 4. Ksaver Shlager, 18. Romano Shmid (21. Patrik Vimmer, 79’), 9. Marsel Zabitcer, 24. Paul Vanner (7. Marko Arnautovich, 68’), 11. Mixael Gregorich (17. Karni Chukvuemeka, 85’).
Zaxira: 12. Florian Vigele, 13. Patrik Penc, 2. David Affengruber, 15. Filipp Linxart, 16. Filipp Mvene, 25. Mixael Svoboda, 10. Florian Grillich, 19. Deyan Lyubichich, 26. Alessandro Shyopf, 14. Sasha Kalayjich.
Ogohlantirishlar: 41 - Stefan Posh, 76 - Fakundo Medina, 76 - Konrad Laymer, 90+2 - Leandro Paredes
90+8. O'yin yakunlandi!
90+8. Messining jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
90+6. O'yin taqdiri hal!

90+5. GOL! Messidan dubl! Leoning o'zi qarshi hujumga qochib ketdi, Alvares o'ziga uzatilgan to'pni golga aylantirolmadi, Messi esa ikki marta zarba berib, gol urdi!
90+3. Vimmerning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
86. Nikolas hamda Enconing zarbasi darvozagacha bormadi…
80. So'nggi dekada boshlandi, buyog'iga o'yin harorati yanada ortadi.
73. Gonsalesning boshi bilan yo'llagan kuchli zarbasi aniq bo'lmadi.
69. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun tanaffus e'lon qilindi.
67. Gregorichning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.
65. Messining erlatib bergan zarbasini Shlager qaytardi, ammo bosh hakam bu vaziyatda Avstriya posboni tegmagan deb topdi.
61. Enconing zarbasi yo'liga Danso to'g'anoq bo'ldi.
55. Zabicerning jarima zarbasidan yo'llagan kuchli zarbasini Martines qaytardi!
50. Messi birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq zarba bera olmadi. Qo'shimchasiga bu holatda offsayd ham bo'lgan ekan.
46. Avstriyaliklar bo'limni faol boshlashdi, ilk hujumda yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
🕘 45+7. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
39. Hisob ochildi uchrashuvda, buyog'iga Avstriya ham hujumlarni ko'paytirishi aniq.
📊 JCHlar tarixida yangi rekord: Lionel Messi - mundiallar tarixida eng ko'p gol urgan futbolchi! 17 ta gol bilan u Miroslav Klozening 16 ta gollik rekordini yangiladi!

⚽️ 38. GOL! Messi mundiallardagi o'zining 17-golini urdi! Ajoyib kombinaciya kunida Leo to'pni darvozaga kiritdi!
36. Argentina qarshi hujumga qochib ketdi, to'p Encoga kelib tushdi, biroq uning uzatmasidan so'ng yakuniy zarbasini beradigan futbolchi topilmadi.
32. Yana Messi! Bu safargi zarbasi Alabaga tegib qaytdi.
31. Messi dribling ishlatib jarima maydonchasiga kirmoqchi bo'ldi, biroq avstriyalik himoyachilar to'pni olib qo'yishdi.
24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun tanaffus e'lon qilindi.
19. Messi juda qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq Shlager ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasi joniga oro kirdi.
15. Avstriya endi oldinga o'tishni boshladi, hujumlar keskinlashmoqda.
10. Uchrashuvda hisob ochilmadi, o'yin buyog'iga yanada “qizishi” aniq.

9. Messi… uning penaltidan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi…
7. Avstriya darvozasi tomon penalti belgilandi! To'p oldida Messi!
6. Stop, holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.
5. Martines raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bosh hakam o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.
2. Dastlabki daqiqalarni argentinaliklar faol boshlashdi. Almadaning zarbasi aniq bo'lmadi.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni JCH-2026 J guruhi 2-turidan o'rin olgan Argentina - Avstriya uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



