Yangi Zelandiyaga qarshi ikkinchi o'yin JAR stadionida bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
6 apr 2015, 07:01
O'zbekiston va Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi 6 aprel kuni Toshkentdagi JAR stadionida bo'lib o'tadi.
Mazkur o'yin soat 16:00da boshlanadi.

Ushbu terma jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 3 aprel kuni Farg'ona shahrida bo'lib o'tgan va unda Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-20 yoshlari kichik 1:0 hisobida g'alaba qozongan edilar.

Mazkur o'yinlar har ikkala terma jamoa uchun ham yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Qayd etish lozim, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari aynan Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com