Yangi mavsumda YCHLda ishtirok etadigan 4ta ispan klubining nomi ma'lum bo'ldi

6 may 2018, 09:48
Kelasi mavsum Ispaniyadan qitaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi - YCHLda ishtirok etadigan to'rtta jamoaning nomi aniqlandi.

YCHL 2018-2019da “Barselona”, “Atletiko”, “Real” va “Valensiya” klublari Ispaniya sharafini himoya qiladi. “Atletik” La Liganing 36-turida “Betis”ni mag'lub (2:0) etdi. 

Buning natijasida sevilyaliklar 4-o'rinni egallash imkoniyatidan batamom mahrum bo'lishdi. Bu esa “Valensiya”ning YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishini taminladi. “Ko'rshapalaklar” so'nggi bor 2015-2016 yilgi mavsumda YCHL turnirida ishtirok etishgan va guruh bosqichini 3-o'rinda yakunlashgandi. 

O'xshash yangiliklar