Yang Angliya terma jamoasiga chaqirilmaydi. Uning o'rnini Shou egallashi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 avg 2018, 15:21
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang sentyabrdagi o'yinlar uchun Angliya terma jamoasiga chaqirilmaydi.

"Uch sherlar" bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bugun tarkibni e'lon qiladi. Yang JCH-2018da inglizlarning asosiy chap qanot himoyachisi bo'lganiga qaramay Ispaniya va Shveytsariyaga qarshi bahslarda o'ynamaydi.

33 yoshli Yang o'rnini MYU futbolchisi Lyuk Shou egallaydi.

Sautgeyt bu borada Eshli Yang bilan suhbatlashdi va yoshlarga imkoniyat bermoqchi ekanligini tushuntirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail