

"Uch sherlar" bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bugun tarkibni e'lon qiladi. Yang JCH-2018da inglizlarning asosiy chap qanot himoyachisi bo'lganiga qaramay Ispaniya va Shveytsariyaga qarshi bahslarda o'ynamaydi.
33 yoshli Yang o'rnini MYU futbolchisi Lyuk Shou egallaydi.
Sautgeyt bu borada Eshli Yang bilan suhbatlashdi va yoshlarga imkoniyat bermoqchi ekanligini tushuntirdi.



