Yana bir sobiq Olimpiya terma jamoamiz a'zosi faoliyatini "Sho'rtan"da davom ettiradi

Khoja
23 iyul 2025, 09:58
"Sho'rtan" ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

G'uzor jamoasi yilning birinchi qismini Qozog'istonning "Turon" jamoasida o'tkazgan Odil Abdumajidov bilan kelishuvga erishishgan. Futbolchi ikkinchi davrani "Sho'rtan" safida o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 24 yoshli futbolchi "Qizilqum" bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, himoyachi "Turon" safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt nashri himoyachini 400 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia