

G'uzor jamoasi yilning birinchi qismini Qozog'istonning "Turon" jamoasida o'tkazgan Odil Abdumajidov bilan kelishuvga erishishgan. Futbolchi ikkinchi davrani "Sho'rtan" safida o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 24 yoshli futbolchi "Qizilqum" bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, himoyachi "Turon" safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt nashri himoyachini 400 ming evroga baholagan.



