Yana bir nemis mutaxassisi "Real"ga "YO'Q" dedi

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2018, 11:10
"Xoffenxaym" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Real" taklifini rad etdi.

Zinedin Zidan jamoani tark etganidan so'ng, madridliklar 30 yoshli nemisni klubga taklif qilishdi, ammo Nagelsmann o'z agenti orqali rad javobini berdi.

Nagelsmann so'nggi mavsum Bundesligada uchinchi o'rinni egalladi va "Xoffenxaym"ni ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar ligasiga olib chiqdi (bir yil oldin klub pley-offda "Liverpul"ga mag'lub bo'lgan).

Oldinroq, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Real"ni boshqarishni istamagan edi. Maurisio Pochettino bilan muzokaralar ham muvaffaqiyat bilan yakunlanmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild