Yana bir mamlakat chempionati noma'lum muddatga qoldirildi

Sherzod Nurmatov
12 mar 2020, 21:30
Koronavirusning tarqalishi jiddiy tus olgani sababli futbol bo'yicha Portugaliya chempionati to'xtatildi.

Shuningdek, rejadan tashqari tanaffusga mamlakat mini-futbol chempionati ham yo'l oladi. Turnirlarning to'xtatilishi 13 mart kuni rasman kuchga kiradi va noma'lum muddatgacha amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq, Niderlandiya, Chexiya, Italiya, Ispaniya va boshqa chempionatlar to'xtatilgan edi.

Portugaliya Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda koronavirus infekciyasi bilan bog'liq 78 holat qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: livesport.ru