Yan Zommer: Musobaqani shunday natija bilan boshlaganimiz yaxshi bo'ldi
18 iyun 2018, 07:54
Shveytsariya terma jamoasi darvozaboni Yan Zommer jahon chempionati guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi bilan qayd etilgan durangdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz bunday vaziyatlar uchun ikki yil ishladik. Musobaqani shunday natija bilan boshlaganimiz yaxshi bo'ldi”, – deydi Zommer.
Ma'lumot uchun, uchrashuvda braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.