Yamalning jarohati jiddiymi?

Alisher
13 okt 2024, 12:27
Lamin Yamalga chap oyoq mushaklarining ortiqcha yuklanish olishi tashhisi qo'yildi.

Ispaniya terma jamoasi tibbiy shtabining Millatlar ligasi doirasida Daniya (1:0)ga qarshi 93-daqiqada zaxiraga olingan vinger bo'yicha dastlabki xulosasi shunday.

Yamal maydondan chiqib ketayotganib, oqsoqlandi. U shuningdek o'yindan so'ng tribuna ostiga qiynalib harakatlandi.

"Barselona"ning 17 yoshli o'yinchisi borasida yakuniy tashxis bugun qo'shimcha tekshiruvdan so'ng ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com