Yamaldan so'ng Gavi ham Ispaniya terma jamoasi safida jarohat oldi

Nozimov Nig'monxo'ja
11 okt 2023, 10:17
Cadena Ser xabariga ko'ra, Barselona yarimhimoyachisi noqulaylik tufayli seshanba kuni mashg'ulotlarni erta tark etgan.

Atletik vingeri Niko Uilyamsda ham xuddi shunday muammolar borligi xabar qilingan. 

Futbolchilarning milliy jamoada qolish-qolmasligi borasida qaror tez orada qabul qilinadi.

Avvalroq Barselonaning 16 yoshli vingeri Lamin Yamal La Liga doirasida Granadaga qarshi o'yinda (2:2) son qismidan jarohat olgan va shu sabab milliy jamoaga boriboq yig'inni tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: sports.ru