

"Kulollar" yarim finalning javob uchrashuvida 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi, ammo penaltilar seriyasida raqibga imkoniyatni boy berishdi.
"Biz yaxshiroq harakat qildik. Bugungi uchrashuvni mag'lub jamoa sifatida boshladik, futbolchilarim bilan faxrlanaman. Bir necha yil davomida kuchli jamoa ekanligimizni isbotlab kelyapmiz. "Liverpul" penalti bo'lganidan xursand edi, chunki bu lotereya.
Fikrimcha, biz g'alabaga haqli edik. Maqsadimiz "Uembli"da bo'lib o'tadigan finalga yo'l olish edi, ammo unga erisha olmadik" - deydi Xyuz.



