Xuan Mata faoliyatini "Lids"da davom ettirishi mumkin

Alisher
14 iyul 2022
"Lids" "Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Xuan Mataga qiziqmoqda.

Klub sport direktori Viktor Orta ehtimoliy bitim va yaqin kunlarda kelishuvga erishishga umid qilib 34 yoshli ispanning otasi bilan aloqaga chiqdi.

Xuan Mata "Manchester Yunayted"ga 2014 yilda o'tgan edi va o'tgan mavsum so'nggida klubni shartnomasi yakunlangani sabab tark etdi.

Mata o'tgan mavsum MYU safida barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: AS