Xuan Kuadrado: "Men o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatmoqchiman"

27 avg 2015, 00:05
"Yuventus" jamoasining yangi a'zosiga aylangan Xuan Kuadrado "byankoneri" sifatida ilk bor o'z fikrlarini bildirdi.

"Men bu kabi ilik kutib olishlarini kutmagandim. Italiyaga qaytganimdan xursandman. Bu yerda juda ko'plab yoqimli xotiralarim qolgandi. Tifozilarni qo'llab-quvvatlashlari biz uchun, xususan men uchun juda ham zarur. Bu menga o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatishimga va nimalarga qodir ekanligimizni isbotlashga undaydi. "Yuventus" yevropadagi eng kuchli jamoalardan biri sanaladi. Biz chempionlikni munosib himoya qilish uchun kurashamiz va yaxshi natijalarni ko'zlaymiz. "Yuventus"da o'zimning eng yaxshi o'yinlarimni ko'rsatishni istayman. Maydonga tushganimda bor kuchimni sarflayman", - deydi Kuadrado.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tutto Juve