"Xotira qanotlari" xotira turniri boshlandi

Narzulla Saydullayev
6 avg 2014, 17:29
Bugun "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlab o'tkaziladigan "Xotira qanotlari" turniriga start berildi.
Birinchi turda 2000 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz o'zlaridan bir yosh katta sanalgan "Montajnik Taraz" jamoasidan 1:0 hisobida ustun kelishdi. Bu jamoaga Temur Olimxo'jaev boshchilik qilmoqda. Rustam Qurbonboev boshchiligidagi 1999 yilda tug'ilgan futbolchilar jamoasi ertaga Olmaliqning "Metallurg" jamoasi bilan maydonga tushadi. Bugungi natijalar va ertangi kun taqvimi bilan tanishing.

 
6 avgust
Buxoro - Andijon - 3:1
Samarqand - Urganch - 3:1
"Paxtakor-2" - "Montajnik Taraz" - 1:0
Chimkent - "Metallurg" Olmaliq - 2:1

Ertangi o'yinlar ham "Chilonzor" stadioni sun'iy va tabiiy qoplamali maydonlarida bo'lib o'tadi.

7 avgust
9:00. "Paxtakor" - "Metallurg" Olmaliq. Sun'iy
10:30. "Bunyodkor" - Andijon. Sun'iy
9:00. ROZK - Urganch. Tabiiy
10:30. BO'SM-16 - "Montajnik Taraz". Tabiiy

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz