Xosep Gvardiola: “Ispaniyada murabbiyning ishiga aralashishmaydi”

Narzulla Saydullayev
17 sen 2013
“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola, shanba kuni “Gannover-96”ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) klub sport direktori Mattias Zammer unga o'yin zerikarli bo'lganini aytib shikoyat qilganini izohlab o'tdi.

“Asosiysi Zammyerdan tortib butun rahbariyat jamoani birdek qo'llab quvvatlaydi. Zammer ehtiroslarga berilgan inson. To'g'risini aytsam, men har doim gaplarimni o'ylab gapirishga harakat qilaman.

Umuman olganda rahbariyat tomonidan bildirilayotgan barcha tanqidiy fikrlar men uchun muhim. Men ularni to'g'ri qabul qilishga harakat qilaman.

Menimcha Germaniyada jamoaga rahbariyat tomonidan ommaviy tarzda baho berilishi odatiy holat. Ispaniyada esa bunday holat yuzaga keladigan bo'lsa, turli xil muammolar yuzaga kelishi mumkin... U yerda murabbiyning ishiga aralashishmaydi.

“Gannover-96” bilan bo'lgan o'yin tahlil qilindi va qarorlar chiqarildi. Ko'rib turganimdek o'yinchilar men bergan ko'rsatmalarga to'liq amal qilgan holda o'ynashdi”, - deya ta'kidladi Gvardiola.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru