Xosep Gvardiola: Beyl va Ronaldu o'ynaydimi yoki yo'qmi menga farqi yo'q

Narzulla Saydullayev
28 apr 2014, 19:42
Bavariya bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Realga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
Frank Riberi klubimiz uchun juda muhim futbolchi. Verderga qarshi (5:2) ajoyib o'ynadi. Frank oxirigacha kurashishi uchun uni muxlislar sevishadi. Javob bahsida Riberi bizga katta yordam beradi.

Anchelotti natijani saqlab qolish uchun o'ynamaydi. Real – tezkor jamoa, shu bois o'yin og'ir o'tadi.

Realga darvozamiz yaqiniga kelishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

Beyl va Krishtianu Ronaldu javob o'yinida maydonga tushadimi yoki yo'qmi, buni menga umuman farqi yo'q, – deydi Gvardiola.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru