Xosep Gvardiola: "Asosiysi gol o'tkazmadik"

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2017
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola Angliya kubogi doirasiidagi "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Keyingi bosqichga chiqdik, xursandmiz. Kubok o'yinlari doim qiyin kechgan. Birinchi gol urgunimizga qadar qiynaldik. Asosiysi o'z darvozamizdan gol o'tkazmadik. Kompani safga qaytganidan xursandmiz. Bu jamoa uchun foydali", - deydi Gvardiola klub rasmiy saytiga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mancity.com