Xosep Gvardiola: "Agar Germaniyada murabbiy yomon bo'lsa, u ko'chada qoladi"

Aslanov Jasurbek
10 okt 2014, 13:07
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Germaniyada duch kelgan yuqori darajadagi javobgarlik haqida so'zlab berdi.

"Hamma yerda xato qilish mumkin. Germaniyada ideal bo'lish kerak. Agar siyosatchi xato qilsa, u iste'foga chiqadi. Agar murabbiy yomon bo'lsa, u ko'chada qoladi. Men yaxshi murabbiylardan biriman! Germaniya menga yoqadi, lekin mahalliy oshxonaga ko'nika olmadim. U Kataloniyadagisi bilan teng kelmaydi" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru