
“Oldinda bizlarni nimalar kutayotganligini bilmaymiz, biroq barchasiga real qarash kerak. Bizning maqsadimiz Chempionlar Ligasi zonasiga kirishdan iborat. Biz ham sovrin uchun kurash olib bora olishimizga umid qilaman.
Mening klubga kelganimga uch yil bo'lgan bo'lsa, o'shandan beri birinchi marotaba chempionatni ishonch bilan boshladik. Oldinda ko'plab o'yinlar bor va vaziyat yana o'zgarishi mumkin”, - deya ta'kidladi Enrike.