Xorvatiya bilan JCH-1998 bronza medalini qo'lga kiritgan murabbiy Miroslav Blazevich vafot etdi

Оқил Абдубарноев
8 fev 2023, 22:07
Futbol murabbiyi Miroslav Blazevich vafot etdi.

Mutaxassis 88 yoshga to'lishiga ikki kun qolganida olamdan o'tdi. U 2011 yildan beri prostata bezi saratoni bilan kurashib kelayotgandi.

Blazevich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyati bilan mashhur. U 1994 yildan 2000 yilgacha jamoani boshqargan va 1998 yil jahon chempionati bronza medalini qo'lga kiritgan.

Murabbiy Shveytsariya, Eron, Bosniya va Gertsegovina terma jamoalarida ham ishlagan, “Sion”, PAOK, “Nant”, “Dinamo Zagreb”, “Xayduk” kabi klublarni boshqargan. U 2 karra Xorvatiya chempioni, mamlakat kubogi va superkubogi g'olibi, shuningdek, Shveytsariya kubogi sohibi va Yugoslaviya chempioni sanaladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L’Equipe