“Xorazm” yana uch nafar futbolchini jamoaga qo'shib olganini e'lon qildi

Khoja
22 fev 2024, 10:03
Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Xorazm” jamoasi yana uch nafar futbolchini jamoaga qo'shib olganini e'lon qildi.

O'tgan mavsum “Qo'qon-1912 safida harakat qilgan Abdujalil Manazarov, “Buxoro” sobiq futbolchisi Farruhjon Ibrohimov va “Navbahor farm” futbolchisi Sherzod G'ulomjonov bilan shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, "Xorazm" jamoasi Pro liga yangi mavsumi 1-turida "Olimpik Mobiuz" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/Xorazm_PFC